“Dunyo“ AAning xabar berishicha, unda Oʻzbekiston 2024-yilda madaniy hordiq chiqarish uchun eng yaxshi yoʻnalish deb topildi.
“Travel&leisure” nashrining bosh muharriri va asoschisi Syao Yan oʻz chiqishida, Oʻzbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega va mamlakat sayyohlar uchun eng qulay joylardan biri ekanini taʼkidladi.
“Oʻzbekiston noyob arxitekturasi, tarixiy obidalari va sayyohlik imkoniyatlari bilan har yili butun dunyodan millionlab sayyohlarni faol jalb qilmoqda. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonga sayohat qilishni xohlovchi xitoylik sayyohlar soni ham ortib borayotgani, eʼtiborlidir“, — dedi u.
Tadbir ishtirokchilari Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ham tanishdilar. Davlatimiz rahbariyati tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor tufayli mamlakatimizda turizmning yangi yoʻnalishlari rivojlanib, infratuzilma yaxshilanayotgani, Oʻzbekiston sayyohlik markazi sifatida eʼtirof etilayotgani qayd etildi.
2025-yil Xitoyda “Oʻzbekiston Turizm yili“ deb eʼlon qilingani va ushbu yil doirasida mamlakatning turli shaharlarida madaniy tadbirlar oʻtkazilayotgani taʼkidlandi. Maʼlum qilinganidek, xitoylik sayyohlarning Oʻzbekistonga oqimini koʻpaytirish maqsadida ikki davlat oʻrtasidagi havo qatnovlari soni ikki barobarga oshirildi.