Deloyt kompaniyasi ushbu bitim boʻyicha “UzAssets” AJning konsultanti vazifasini bajaradi.
Savdo jarayonlari barcha manfaatdor tomonlarning arizalari 2022-yil 29-iyul Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Shu oʻrinda “Kvars” AJ xususida qisqacha maʼlumot: jamiyat respublikamizdagi eng yirik silliqlangan shisha listlari va shisha idishlar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Ichki bozorda shisha qadoqlari va listlari ishlab chiqarishning qariyb 50 foiz hamda shisha bankalar ishlab chiqarishning 95 foizi korxona hissasiga toʻgʻri keladi.
Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish quvvati Fargʻona viloyati, Quvasoy shahrida joylashgan boʻlib, bundan tashqari, qoʻshimcha ikkita nosohaviy qishloq xoʻjaligi va yilqichilik aktivlari mavjud. Jamiyat daromadi 2021-yilda 423 mlrd.soʻmni tashkil yetgan, bu 2020-yilga nisbatan 37 foizga oʻsgan.
Jamiyatda 2021-yil iyun oyida, kuniga 400 tonna silliqlangan oyna ishlab chiqarish quvvatiga ega, yangi ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirilgan. Silliqlangan oyna ishlab chiqarishning bir necha barobar ortishi (kuniga 600 tonnagacha) va respublikada unga boʻlgan talabning yuqoriligi jamiyatning daromadini 1,5 barobardan koʻproq oshishiga, bozordagi oʻrnini sezilarli darajada mustahkamlashga xizmat qilishi va eksport hajmini oshirish imkoniyatlarini taʼminlamoqda.