Qayd etilishicha, kecha, 26-sentyabr kuni Chilonzor tumani “Bunyodkor” koʻchasida joylashgan binolarning birida lift ichida 5 nafar fuqaro qolib ketgan. Ularga amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida tashvishli xabar soat 10:49 da Toshkent shahar FVBga “112” tizimi orqali kelib tushgan.
Mazkur xabarga koʻra, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida lift ichida qolib ketgan fuqarolar sogʻ-salomat qutqarilgan.