Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Shu yilning 17-avgust kuni kech soat 21:25 larda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqaro “Mironqul” mahallasidagi togʻlarga dam olish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolganligi va pastga tushib olishda yordam soʻrab murojaat qildi.
Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirdi. Olib borilgan harakatlar natijasida fuqaro 18-avgust kuni soat 01:30 da “Mironqul-Ohalik” togʻining dengiz sathidan 1000 metr balandlikdan topilib, xavfsiz hududga olib tushildi.
Maʼlumotlarga koʻra, fuqaroning sogʻligʻi yaxshi, unga hech qanday tan jarohati yetmagan.