“Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasini xususiylashtirish jarayoni shaffof o‘tkazilmoqda

    Avval xabar berilganidek, "Lotte City Hotel Tashkent Palace" mehmonxonasini xususiylashtirish jarayoni doirasida talabgorlardan sotib olish narxi bo‘yicha indikativ majburiyatga ega bo‘lmagan takliflar  qadar qabul qilindi.

    Belgilangan muddatlarda ushbu bosqichda ishtirok etgan 13 nafar talabgordan 9 nafari majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarini xususiylashtirish bo‘yicha konsultant KPMG xalqaro kompaniyasiga taqdim etgan.

    KPMG tomonidan talabgorlar takliflari savdo jarayonining ushbu bosqichida belgilangan talablarga, jumladan, to‘lovga qobiliyatlilik darajasi o‘rganildi va uning tavsiyasiga asosan 6 nafar talabgorlarni savdo jarayonlarining navbatdagi majburiyatga ega bo‘lgan (BO) takliflarni qabul qilish bosqichiga o‘tkaziladi.

    Kelgusida, mazkur talabgorlar xususiylashtirish jarayonlarining keyingi bosqichlarida ishtirok etish uchun taklif qilinadi hamda ularga keyingi bosqich jarayonlari to‘g‘risidagi KPMG tomonidan jarayon xati yuboriladi. Xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi o‘z ishtirokini tasdiqlagan talabgorlarga xalqaro maslahatchi tomonidan tayyorlangan kompaniyaning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati bo‘yicha mustaqil tahliliy hisobotlarlarini o‘z ichiga olgan virtual axborot xonasiga kirish imkoniyati hamda mehmonxonaga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organi bilan uchrashish imkoniyati yaratiladi.