MAGATE rahbari Rafael Grossi va Argentina Prezidenti Xavyer Miley mazkur missiyaga start berdi. Tadqiqotchilar bir oy davomida mintaqada mikroplastiklarning tarqalishini o'rganishadi.
MAGATE bayonotida aytilishicha, olimlar dengiz suvi, ko'llar, cho'kindilar, qum va hayvonlarda plastik zarrachalar mavjudligini o'rganishadi. Tadqiqot Argentinaning Karlini tadqiqot stansiyasi hududida olib boriladi, deb xabar beradi mir24.tv.