Mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, mahallaning Yangi O‘zbekiston hayotidagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish orqali inson qadrini ulug‘lash, mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish borasidagi katta xizmatlari, jamiyatimizda o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, azaliy ezgu an’analarimizni asrab-avaylash, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash hamda oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Kalandarova Muborak Durdiboyevna - Olot tumanidagi «Buvijonlar maktabi» jamoatchilik kengashi raisi, Buxoro viloyati

Xudaybepganov Madpaxim Xudaybepganovich - Bog‘ot tumanidagi «Kattabog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini kengashi raisining o‘rinbosari, Xorazm viloyati

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Bulokova Dilfuza Xotamovna - Oqdaryo tumanidagi «Chorbog‘» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati

Janisboyeva Aliya Mexmonkulovna - Bo‘ka tumani 9-oilaviy poliklinikasining «Samarqand» mahalla fuqarolar yig‘inidagi patronaj hamshirasi, Toshkent viloyati

Inagamov Jovdatxon Sultanovich - O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari

Lutfillayeva Salima Boymirzayevna - Namangan shahar obodonlashtirish boshqarmasining «Chorsu», «Ozod» va «G‘ishtko‘prik» mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ko‘kalamzorlashtiruvchi – gul ekuvchisi, Namangan viloyati

Masharipov Yusupbay Ataxanovich - Ellikqal’a tumanidagi «Sharq yulduzi» ovul fuqarolar yig‘inining Yangi O‘zbekiston ko‘chasi biyi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Raxmonov Erkin Xolliyevich - Angor tumanidagi «To‘lqin» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati

Xaziratkulov Baxodir Mirzayevich - Guliston tumanidagi «Sharq haqiqati» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Sirdaryo viloyati 

Yuldasheva Marxabo O‘mirovna - Forish tumanidagi «Xonbandi» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati

 

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Allayeva Zulfiya Hazratqulovna - Shahrisabz tumanidagi «Miraki» mahalla fuqarolar yig‘ini maslahat guruhi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Saatova Zulayxa Ochilovna - Toshkent shahar bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi

Toshlanova Xodisaxon Otajonovna - Paxtaobod tumanidagi «Ma’rifat» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati

Enazarov Izzatilla Saibovich - «Nuroniy» jamg‘armasining Buvayda tumani bo‘limi raisi, Farg‘ona viloyati

 

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Aydarova Juldizay Razakovna - Konimex tumani 6-oilaviy poliklinikasining «To‘qqiztepa» mahalla fuqarolar yig‘inidagi oilaviy shifokori, Navoiy viloyati

 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Axmedov Sanjar Baxtiyorovich - Romitan tumani ichki ishlar bo‘limining «Qumrabot» mahalla fuqarolar yig‘inidagi profilaktika katta inspektori, Buxoro viloyati

Mamadjonov Donyorbek Ikromjon o‘g‘li - Mingbuloq tumani ichki ishlar bo‘limining «Birlashgan» mahalla fuqarolar yig‘inidagi profilaktika katta inspektori, Namangan viloyati

 

«Jasorat» medali bilan

Xayitov Sayitnazar Atokulovich - Ishtixon tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, temirchi usta, Samarqand viloyati

Yuldasheva Moxidil Shadmanbekovna - Andijon shahridagi «Yaxshi» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Andijon viloyati

 

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Yodgorov Ulugbek Baxtiyorovich - Dang‘ara tumanidagi «Firdavs Yunusov» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati

Turabova Lutfiya Normuminovna - Paxtachi tumanidagi 4-oilaviy bolalar uyi rahbari, Samarqand viloyati

Yuldasheva Muyassar Tairovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Oqibat» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abdullayev Yigitali Saydullo o‘g‘li - Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Young Adults» o‘quv markazi direktori, Surxondaryo viloyati

Ahmadov Sirojiddin Sodiq o‘g‘li - Guliston shahridagi «Ibratli» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Sirdaryo viloyati

Muxitdinov Nizomiddin Najmiddin o‘g‘li - Zangiota tumanidagi «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent viloyati

Xolmatov Mehrojbek Erkin o‘g‘li - Chilonzor tumanidagi «Tirsakobod» mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi, Toshkent shahri

 

«Shuhrat» medali bilan

Axmedov Qilichbek Dadaparpiyevich - Oltiariq tumani «Zilol» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Farg‘ona viloyati

Bayjanova Maqsuda Xudayberganovna - Urganch tumani soliq inspeksiyasining «Cho‘lobod», «Oyoqbog‘» va «Yangi O‘rtabog‘» mahallalariga biriktirilgan davlat soliq katta inspektori, Xorazm viloyati

Ikromov Davronbek Ilxom o‘g‘li - Piskent tumani «Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati

Kazaxbayev Polat Torebayevich - Qo‘ng‘irot tumanidagi «Talliq» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kasimova Xasiyat Ulukovna - Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi

Qodirov Asliddin Baxtiyor o‘g‘li - G‘allaorol tumanidagi «Madaniyat» qishloq fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Jizzax viloyati

Kodirova Mufazzal Arslonovna - Andijon viloyati targ‘ibotchilar guruhi rahbari

Murodov Sobur G‘aniyevich - O‘zbekiston mahallalari uyushmasining milliy qadriyatlarni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bo‘limi bosh mutaxassisi

Soxiyeva Gulshod Jobborovna - Qamashi tumanidagi «G‘ishtli» va «Boybo‘ri» mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Qashqadaryo viloyati

Usmonov Zuxriddin Muxiddinovich - Buxoro tumani «Shexoncha» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Buxoro viloyati

Xakimov Davron Nurmuxamadovich - Pop tumanidagi «Vodiy trade center» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati 

Xasanova Farida Raxmatullayevna - Sergeli tumanidagi «Farog‘atli» mahalla fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Toshkent shahri

Xudoyqulova Munira Sunnatilloyevna - Nurota tumanidagi «Munira New Brand» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Navoiy viloyati

Egamberdiyev Farruh Usmanaliyevich - Yangiobod tumani soliq inspeksiyasining «Shodlik» va «Do‘stlik» mahallalariga biriktirilgan davlat soliq bosh inspektori, Jizzax viloyati

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev