Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyat yuritmoqda. Hokim yordamchilari tomonidan hududlarda har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlari belgilab olindi. Xonadonbay roʻyxat asosida har bir mahalla kesimida haqiqiy ijtimoiy vaziyat oʻrganish natijasida oyma-oy amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Bunda, birinchi navbatda, ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish hamda ularning bandligini taʼminlash ishlarini tashkil qilinmoqda.
Prezidentimiz raisligida 19-aprel kuni “mahallabay” ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda har ikki yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar aniq belgilab berildi.
Videoselektorda hokim yordamchilari faoliyatining dastlabki natijalari koʻrib chiqildi. Qayd etilganidek, ular uch oy davomida 6 million 900 ming xonadonni xatlovdan oʻtkazib, 4 ta toifaga ajratgan. Xonadonlarning 11 foizi kam daromadli, 47 foizi qoʻshimcha daromadga ehtiyoji bor, 6 foizi ijtimoiy himoyaga muhtoj, 36 foizi oʻziga toʻq oilalar ekani aniqlangan. Shu asosda ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash, kasb-hunar oʻrganishiga koʻmaklashilgan. Oʻtgan uch oyda hokim yordamchilari tashabbusi bilan 50 mingta oilaviy tadbirkorlik loyihasi uchun 1 trillion 300 milliard soʻm kredit va 20 milliard soʻm subsidiya ajratildi. Natijada joylarda 47 mingta yangi tadbirkor faoliyati yoʻlga qoʻyildi, 8 mingta kichik sanoat va servis loyihasi ishga tushirildi.
Shu bilan birga, hokim yordamchilari mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga koʻmaklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
Shu oʻrinda hokim yordamchilari tomonidan 2022-yil yanvar-mart oylarida aholi bandligini taʼminlash maqsadida 24,3 mingta korxona va tashkilotlardagi boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga 73 ming nafar ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha 2 547 ta kichik ishlab chiqarish loyihalari (1 007 ta tikuvchilik, 1 239 ta qandolatchilik va 301 ta boshqa kichik ishlab chiqarish) amalga oshirildi. Xizmat koʻrsatish yoʻnalishida 5 524 ta (977 ta sartaroshxona, 1981 ta savdo doʻkonlari, 725 ta goʻzallik saloni va 1 841 ta boshqa yoʻnalishda) obyektlar ishga tushirildi.1897 ta korxonalar faoliyati kengaytirildi va kam quvvat bilan ishlayotgan 1 380 ta korxonalarning quvvatlari tiklandi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil 1-aprel holatiga 736 ming nafar fuqarolar daromadli mehnat bilan bandligi taʼminlandi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 49 530 ta loyihaga 1 302 mlrd. soʻmlik kreditlar ajratildi. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, ularga mehnat qurollari va asbob uskunalari olib berish boʻyicha 8509 ta fuqaroga 19,3 mlrd. soʻmlik subsidiyalar ajratildi. 5. 24 mingta yuridik va 23 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
“Mahallabay” ishlash tizimida hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyatini inson omilisiz monitoring qilish va baholab borish yuzasidan “Online-mahalla.uz” platformasida samaradorlikni baholash tizimi ishga tushirildi.
Respublika boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari 6 ta koʻrsatkichlar va 5 ta tashabbuskorlik xislatlarini baholashni oʻz ichiga olgan soʻrovnoma orqali onlayn tarzda baholandi. Xususan, 768 ta mahalla “aʼlo”, 2163 ta mahalla “yaxshi”, 2770 ta mahalla “qoniqarli” va 3636 ta mahalla “qoniqasiz” deb baholandi.