Bundan tashqari, voyaga yetmagan qizlar, ayniqsa 13-14 yoshli qizlar orasida erta tugʻruq holatlarining koʻpayib bormoqda.

Qayd etilishicha, erta homiladorlik va tugʻruq holatlari kuzatilgan oʻquvchi qizlarning qariyb yarmi ota yoki onasiz oilalarda yashayotganligi aniqlangan. Senat xabarida oiladagi yetishmovchilik, ota-onalarning ishsizligi yoki kam daromad topishi ham qizlar tarbiyasiga salbiy taʼsir qilayotgani taʼkidlanadi.

«Erta va istalmagan tugʻruq holatlari, yoshlarning oilaviy munosabatlarga tayyor emasligi, oiladagi ijtimoiy-maʼnaviy beqarorlik kabi sabablar chaqaloqlar savdosi jinoyatini ham keltirib chiqarmoqda.

Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida Senat Kengashi qarori bilan erta turmush va erta tugʻruq holatlari hamda oilaviy ajralishlar bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish boʻyicha 2020–2021-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Majlisda koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senati Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi», deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yilning sentyabrigacha respublikada Oʻzbekistonda 17 yoshgacha qizlar oʻrtasida 50ta erta tugʻruq holati qayd etilgani maʼlum qilingan edi.