Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilinishi maʼlum qilindi

    Salomatlik 21 Yanvar 2022 2712

    Yurtimizga koronavirusning “Omicron” shtammi kirib kelganida soʻng maʼlum cheklovlar oʻrnatildi.

    Maktabgacha taʼlim vazirligi ham vaziyatdan kelib chiqib quyidagilarni maʼlum qildi:

    Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ish faoliyatiga qoʻyiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar»ga qatʼiy rioya etiladi;

    davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bayram tadbirlari oʻtkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;

    ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi (zarur vaziyatlarda soʻnggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati boʻlishi lozim);

    yigʻilishlar oʻtkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish choralari koʻriladi;

    mazkur cheklovning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qoʻllaniladi.

    COVID-19 pandemiyasi davrida kasallik alomatlari aniqlangan MTTlar guruhlari SanEpidxizmat (SES) xulosasiga koʻra vaqtinchalik karantinga yopiladi.

    Kasallik alomatlari bartaraf etilganidan soʻng, MTT yoki guruhlar oʻz faoliyatini yana davom ettiradi.