Muzokarada A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Rossiya federatsiyasi delegatsiyasi rahbari Janob A. Yefremov uchrashuv ishtirokchilarini qutlar ekan, A.I.Getsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektorining yangi tayinlangan vazifasini bajaruvchi Oʻzbekiston tomoniga rasman tanishtirdi.

Hozirda Tojikiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi mamlakatlarida shu kabi filiallari ochish toʻgʻrisida tegishli mutasaddi idoralar bilan muzokaralar olib borilayotganligini eʼtirof etildi. Shu bilan birga, Janob V. Rabosh yangi tashkil etilgan A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali MDH davlatlari ichida yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash markazi sifatida faoliyat yuritishini eʼtirof etdi.

Shu bilan birga, Rossiya tomoni “Lukoyl Overseas” Rossiya kompaniyasi moliyaviy koʻmagida qurilayotgan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi reabilitatsiya markazi bilan yangi qurilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog kadrlarining malakasini oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Sank-Peterburg mutaxassislari bilan Nukus shahridagi Imkon reabilitatsion markazi mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha kelishib olindi. Muzokaralar yakunida A.I Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filialida taʼlim jarayonini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi, deb xabar beradi Maktabgacha taʼlim vazirligi matbuot xizmati.