Ushbu hamkorlik Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi sohasini yaxshilashga qaratilgan boʻlib, u 4,3 million gektar ekin maydonlarini oʻz ichiga oladi.
“Meraque” kompaniyasi kelgusi uch yil ichida Oʻzbekistonda 1000 ta ish oʻrni yaratadigan va 100 000 gektar qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatadigan ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun 20 million Malayziya ringgiti sarmoya kiritmoqchi.
Kompaniya, shuningdek, mintaqadagi texnologik takomillashtirish uchun qoʻshimcha 30 million ringgit yigʻmoqchi.
Hamkorlikning asosiy qismi – qishloq xoʻjaligi uchun dronlar ekotizimini yaratish siyosatini ishlab chiqish boʻladi, bu esa mamlakatning 100 000 fermeri uchun samaradorlik va barqarorlikni oshiradi. “Meraque” shuningdek, dron operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻquv dasturlari orqali oʻqitish va bilim almashishga eʼtibor qaratadi.
Kompaniya bosh direktori Razali Ismoilning aytishicha, bu hamkorlik ikki mamlakat qishloq xoʻjaligini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.