Uchrashuvda viloyatdagi tuman va shaharlar saylovchilari, talaba-yoshlar, jamoat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, mahalliy kengashlar deputatlari, partiya faollari ishtirok etmoqda.

Uchrashuvni Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari Ulugʻbev Vafoyev kirish soʻzi bilan ochib, saylovchilarga nomzodning tarjimayi holi haqida batafsil maʼlumot berdi.
Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova uchrashuv ishtirokchilarini Saylovoldi dasturi bilan tanishtirmoqda.