Bugungi kunda dunyoning 4 qit'asidan 57 ta shaharlar bunday e'tirofga sazovor bo'lgan.
Ta'kidlash joizki, Marg'ilon Butunjahon Hunarmandlar Kengashining "Hunarmand shaharlar" ro'yxatiga O'zbekistondan qo'shilgan 3-shahar bo'ldi.
Ipakchilik hamda abrli matolar atlas-adras tayyorlashning ilg'or tajribasi, hunarmandlarning bu sohada erishayotgan yutuqlari va shu bilan birga hunarmandchilikka berilayotgan yuksak e'tibor shaharga bunday maqom berilishiga zamin yaratdi.