Ahamiyatlisi, musobaqaning 3-kunida matonatli para sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, umumiy hisobda 9 ta medalga sazovor boʻlishdi.
Jumladan, nayza uloqtirish bahsida Roziyaxon Ergasheva (F46) va Yorqinbek Odilov (F57), yadro uloqtirishda esa Boburjon Omonov (F40-41) oltin medalga sazovor boʻlgan boʻlsa, Nozimaxon Qayumova (nayza uloqtirish F13) va Kubaro Hakimova (yadro uloqtirish F41) kumush medallarni qoʻlga kiritdi.
Yana 4 nafar sportchimiz – Madina Muxtorova, Roziyaxon Ergasheva, Shaxinaxon Yigitaliyeva va Miran Saxatovlar ham nayza va yadro uloqtirish, yugurish bahslarida bronza medallariga ega chiqishdi.
Eslatib oʻtamiz, sportchilarimiz mazkur turnirning dastlabki kunida 5 ta, ikkinchi kuni esa 4 ta medalni naqd qilishgan edi. Eʼtiborli jihati, T36 klassida uzunlikka sakrash bahslarida qatnashgan hamyurtimiz Izzat Turgʻunov 5.69 metr natija qayd etib, 2022-yilda oʻzi oʻrnatgan Osiyo rekordini yangilashga erishdi.