баннер
22 Mar 2025
23:48

    Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalar faoliyati samaradorligi oshiriladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni (PF-41-son, 04.03.2025-y.) qabul qilindi.

    Farmonga koʻra, 2025-yilda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

    • maxsus iqtisodiy zonalarda 2,3 milliard AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni oʻzlashtirish, eksport hajmini 1 milliard AQSH dollariga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini 4,3 milliard AQSH dollariga teng miqdorda taʼminlash va 12 mingta yangi doimiy ish oʻrinlarini yaratish;
    • sanoat zonalarida 800 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalarni oʻzlashtirish, eksport hajmini 512,2 million AQSH dollariga yetkazish, ishlab chiqarish hajmini 1,8 milliard AQSH dollariga teng miqdorda taʼminlash va 17 mingta yangi doimiy ish oʻrinlarini yaratish.

    Yangi barpo etiladigan ixtisoslashtirilgan zonalar faqat maxsus iqtisodiy zona yoki sanoat zonasi shaklida tashkil etiladi.

    Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyati boʻyicha faqat eksportga yoʻnaltirilgan loyihalarga ixtisoslashgan, maydoni oʻralgan maxsus eksport zonasi turida ham tashkil etilishi mumkin.

    Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech