Unga koʻra, Toshkent shahri Yangihayot tumanida “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi (“Yangi avlod” MSZ) tashkil etiladi (faoliyat yuritish muddati 30-yil).
MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.
MSZni boshqarish uchun masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida “Yangi avlod” boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.
“Yangi avlod” MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan “Ye-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.
MSZ hududida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard AQSH dollari miqdorigacha toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari oʻzlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi taʼminlanadi.