Videokonferensiyada MDHga aʼzo davlatlar hamkorligining 2021-2025-yillarga moʻljallangan faoliyatini amalga oshirish ishlarini tashkil etish, 2020-2022-yillarda “ART EKSPO” xalqaro koʻrgazmasini oʻtkazish, muzey ishi sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim ijrosini taʼminlash, shuningdek, qadimgi qoʻlyozmalar, ilmiy-tadqiqot institutining qoʻlyozmalarni tiklash, saqlash va raqamlashtirish boʻyicha ishlar tajribasini amalga oshirish kabi muhim masalalarda qilinishi kerak boʻlgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Oqilova «Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat sohasidagi davlat siyosati» mavzusidagi maʼruza bilan ishtirok etdi.