Mamlakatimizda Mehribonlik uylarida tarbiyalangan va mustaqil hayotga qadam qoʻygan chin yetimlar ham davlat tomonidan uy-joy bilan taʼminlanib, jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun sharoit yaratilmoqda. Shaharda oʻrganishlar davomida 33 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining uy-joyga muhtojligi aniqlangan edi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, 2022-yilning noyabr oyida 18 nafari uyli boʻlgan boʻlsa, kuni kecha yana “Yangibogʻ” mahallasi hududida qurilgan yangi koʻp qavatli uylarning 8 ta xonadoni Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga barcha qulayliklarga ega, jihozlangan holda tantanali topshirildi. Qolgan 7 nafari ham oʻtgan yillarda turar-joylar bilan taʼminlangandi.