Uning so'zlariga ko'ra, 33 erkak va 10 ayol halok bo'lgan. Avvalroq 39 kishi halok bo'lgani va 10 kishi bedarak yo'qolganligi haqida xabar berilgan edi.

500 mingga yaqin korxona va aholi xonadonlari elektr ta'minotisiz qoldi. Dispecherlik minorasi vayron bo'lgan Akapulko aeroportining faoliyati tiklandi. Shaharda qolib ketgan sayyohlar olib chiqilmoqda, viloyatga shifokorlar yetib bormoqda, dori-darmonlar yetkazib berilyapti. Og'ir ahvoldagi bemorlar qo'shni Michoakan shtatiga yetkazilmoqda.

Transport aloqalari uzilib, benzin, suv va oziq-ovqat tanqisligiga olib keldi. Rasmiylar, ko'ngillilar va Qizil xoch butun mamlakat bo'ylab meksikaliklar tomonidan to'plangan oziq-ovqat paketlari, dori-darmonlar, zaruriy tovarlar va insonparvarlik yordamlarini tarqatmoqda. To'fon oqibatlarini bartaraf etish uchun Gerreroga 14 mingga yaqin favqulodda xizmatlar va harbiy xizmatchilar yuborilgan, deb xabar beradi mir24.tv.