Unda 43 mamlakatdan tashrif buyurgan 450 dan ortiq eng yaxshi merganlar gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.
Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha sportchilarimiz bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Ushbu bellashuvlarda quyidagi vakillarimiz yurtimiz sharafini himoya qildi:
Muhammad Kamolov,
Vladimir Svechnikov,
Veniamin Nikitin.
Musobaqa doirasida 16-iyul kuni Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Muxtasar Tohirova kichik kalibrli miltiqdan 50 metr masofaga oʻq otish boʻyicha oʻz omadini sinab koʻradi.