Mudofaa vaziri Oʻq otish sporti federatsiyasiga rais etib saylandi

    Milliy olimpiya qoʻmitasi majlisida Oʻq otish sporti federatsiyasi raisi lavozimiga mudofaa vaziri general mayor Shuxrat Xalmuxamedov saylandi.

    Yigʻilish soʻngida, hududlarda zamonaviy infratuzilmaga ega va zamon talablariga mos jihozlar bilan taʼminlangan oʻq otish binolari bunyod etilishi, sportchilar zamonaviy uskunalar bilan taʼminlanishi hamda kelgusida harbiylar oʻrtasida oʻq otish sport turi boʻyicha “Mergan kubogi” va yoshlar oʻrtasida mamlakat birinchiligi oʻtkazilishini maʼlum qildi.

    Bundan tashqari federatsiyaning asosiy eʼtibori Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan olimpiada oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritish hamda sportchilarimizning sovrinli oʻrinlarni egallashiga qaratilishini taʼkidladi.