Osiyo chempionatining navbatdagi kun bahslari ham Oʻzbekiston terma jamoasi uchun sermahsul oʻtdi. Bugun hamyurtlarimiz ikki yoʻnalishda shohsupaga koʻtarildi.
10 metrga toʻpponchadan otish dasturi jamoamizning eng kuchli yoʻnalishiga aylanib bormoqda. Kecha Veniamin Nikitin U18 toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, bugun Muhammad Kamalov U20 toifasida bronza medali bilan taqdirlandi.
1. Samrat Rana (Hindiston)
2. Sagar Dangi (Hindiston)
3. Muhammad Kamalov (Oʻzbekiston)
Shuningdek, Veniamin Nikitin, Sodiqjon Abdullayev hamda Muhammadyusuf Haydarovdan iborat trio oʻsmirlar oʻrtasidagi jamoaviy dasturda bronza medali sohibiga aylandi.
1. Hindiston
2. Koreya Respublikasi
3. Oʻzbekiston