Oʻzbekistonlik sportchi oʻq otish boʻyicha Osiyo chempionatida kumush medaltini qoʻlga kiritdi. Bu haqida Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Koreya Respublikasining Tegu shahrida oʻq otish sporti boʻyicha qitʼa birinchiligi davom etmoqda. Bugungi kun bahslari ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi.
Yoshlar oʻrtasida 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan otish bahslarida Veniamin Nikitin mamlakat sharafini munosib himoya qildi. Nikitin saralashda kuchli 8 likka kirib, medallar uchun kurashni davom ettirdi.
Hal qiluvchi pallada esa hindistonlik Sandip Bishnoi bilan chempionlik uchun raqobatlashdi. Yakunda omad Hindiston vakili tomonida boʻldi va Nikitin kumush medal bilan taqdirlandi.