Shu kunlarda Lionel Messi va PSJ oʻrtasida shartnoma muddatini uzaytirish boʻyicha muzokaralar davom etmoqda. Futbolchi va klub oʻrtasidagi amaldagi kelishuv shu mavsum oxirida tugaydi.

Messi klubni tark etadigan boʻlsa, unga xaridorlar koʻp, albatta. Ayniqsa, AQSHning “Inter Mayami” klubi futbolchiga yaxshigina pul toʻlashga tayyor. Ammo Messida bu jamoada oʻynash xohishi yoʻq. Chunki u Argentina milliy jamoasida tarkibida 2024-yilgi Amerika Kubogi bahslarida ishtirok etishni xohlaydi. Buning uchun u Yevropaning yetakchi klubida oʻynashi kerak.

Shuningdek, Messi YECHLda urilgan gollar soni boʻyicha rekordni yangilashni maqsad qilgan. Ayni paytda u Krishtianu Ronalduga tegishli. Portugaliyalik hujumchi ushbu turnirda 140ta toʻp kiritgan, Leo esa 129ta gol bilan 2-oʻrinda bormoqda. Ronaldu joriy masumda YECHLda oʻynamaydi. Bu Messiga rekordni yangilash imkonini beradi.