JMT mutaxassislarining fikriga koʻra, yerdagi oʻrtacha harorat sanoatgacha boʻlgan davrga nisbatan 1 ° C dan oshgan. Shu bilan birga, soʻnggi besh yillik davr soʻnggi yillar ichida eng issiq davr boʻldi.
"Ushbu tadqiqot shuni koʻrsatadiki, bizning oldimizda iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij bitimining maqsadlariga erishish bilan bogʻliq murakkab vazifalar turibdi - bu mazkur asrda global harorat koʻtarilishini sanoatdan oldingi davrga nisbatan 2 ° C pastroq ushlab turish va harorat koʻtarilishini cheklash boʻyicha harakatlarni davom ettirish. Sanoatgacha boʻlgan davr bilan taqqoslash va haroratni 1,5 ° S gacha koʻtarilishini cheklash boʻyicha ishlarni davom ettirish kerak”, - dedi tashkilot bosh kotibi Petteri Taalas.
JMT prognozida COVID -19 pandemiyasi natijasida issiqxona gazlari va aerozol chiqindilarining oʻzgarishi hisobga olinmaydi.
JMT bir necha bor taʼkidlaganidek, COVID-19 pandemiyasi natijasidagi sanoat va iqtisodiy inqiroz barqaror va muvofiqlashtirilgan iqlim harakatlarining oʻrnini bosa olmaydi.
Atmosferada uzoq vaqt saqlanib turishi sababli, CO2 (karbonat angidrid) uzoq vaqt davomida atmosferada oʻzining konsentratsiyasining pasayishiga olib kelmasligi kutilmoqda, bu global harorat koʻtarilishining asosiy sababi hisoblanadi" - dedi JMT Bosh kotibi.
Uning soʻzlariga koʻra, COVID-19 global iqtisodiyotga salbiy taʼsir koʻrsatganiga qaramay, davlatlar pandemiyadan keyin qayta tiklash dasturlariga iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash choralarini kiritishlari kerak.