Ma'lumki, migrenga chalingan ayollar va erkaklarning 60 yoshdan oldin yurak xuruji yoki insultga duchor bo'lishi ehtimoli ko'proq. Oldingi tadqiqotlar yosh ayollar ishemik insultga ko'proq moyil bo'lishini ko'rsatgandi. Endi mutaxassislar migren bilan og'rigan ayollarning erkaklarga nisbatan yurak xuruji va gemorragik insultni boshdan kechirish xavfi qanday ekanligini tushunishga kirishishdi.
Buning uchun tadqiqotchilar 1996-yildan 2018-yilgacha 18 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan shaxslardan to'plangan tibbiy ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Keyin ular migrenga chalingan ishtirokchilarda yurak xuruji, ishemik insult va gemorragik insult xavfini migren bilan og'rimagan odamlar bilan solishtirishdi.
Natijalar shuni ko'rsatdiki, migrenga chalingan erkaklarda ham, ayollarda ham ishemik insult xavfi bir xil darajada oshgan. Biroq migren kasalligi bilan og'rigan ayollar, ushbu kasalligi mavjud erkaklar va umumiy aholiga qaraganda, yurak xuruji va gemorragik insultga ko'proq moyil ekani ma'lum bo'ldi, deb xabar beradi lenta.ru.