Tadbir yangi ochilgan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida boʻlib oʻtdi.

Harbiy dirijyorlar mayor R. Asfandiyarov va podpolkovnik U. Xoplalar boshchiligidagi Alohida harbiy namunali-koʻrgazmali orkestri harbiy yurishlar va boshqa musiqiy kompozitsiyalar mavzusidagi improvizatsiyalarni ijro etdi.

Ushbu madaniy tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi va Milliy gvardiyaning “Temurbeklar maktabi” Toshkent harbiy-akademik litseyi talabalari ishtirok etdi.

Orkestrlarning ijodiy uchrashuvi tomonlarga keyingi oʻzaro munosabatlar istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, tantanali tadbirlarni oʻtkazishda amaliy tajriba almashish imkonini berdi.