Uchrashuv davomida, aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha mamlakatlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari va Aloqa Sohasidagi Mintaqaviy Hamdoʻstlikning bu boradagi oʻrni hamda ASMHning 30 yilligi nishonlanishi muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda, ASMH Ijroiya qoʻmitasi bosh direktori mintaqada telekommunikatsiya infratuzilmasi va axborot-kommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishda ishtirok etayotgan Belarus Respublikasining yetakchi mavqeiga, shuningdek, ASMH ishchi organlari faoliyatiga alohida eʼtibor qaratdi.
Uchrashuv doirasida 2021-yil 22-24-noyabr kunlari Toshkent shahrida (Oʻzbekiston Respublikasi) oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan ASMH huzuridagi axborotlashtirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashi va ASMH aloqa maʼmuriyatlari rahbarlari Kengashining navbatdagi 57/27-qoʻshma Majlisiga tayyorgarlik koʻrishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, ASMH Iroiya qoʻmitasi bosh direktori joriy yilning avgust oyida Kot-dʼIvuarning Abidjan shahrida boʻlib oʻtgan 27-Umumjahon pochta kongressi doirasidagi saylovda Belarus Respublikasini Sharqiy Yevropa va Shimoliy Osiyo mintaqasidan Umumjahon pochta ittifoqining maʼmuriy kengashi tarkibiga saylanishini yuqori baholadi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.