Ular dasturlash, 3D-modellashtirish, sxemotexnika va elektrotexnika asoslarini oʻrgandi.
Samarqandda besh kun davomida maktab oʻquvchilari tajribali mentorlar rahbarligida nafaqat yangi bilimlarga ega boʻlishdi, balki hamfikrlar bilan tanishish va tajriba almashish imkoniyatiga ham ega boʻldi.
IT-oromgohning yopilish marosimida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi ishtirok etdi. Tadbirda yoshlar egallagan koʻnikmalarini faxr bilan namoyish etdilar hamda Ziroat Mirziyoyeva bilan IT sohasidagi boʻlajak kasbini tanlash rejalarini oʻrtoqlashdi.