Qayd etilishicha, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi qurilish-taʼmirlash ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yoʻlining Oqqoʻrgʻon koʻchasi kesishmasidan Katta Darxon koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan bir tomonlama yoʻnalish qismi 22-may soat 15:00 dan 24-may soat 06:00 gacha barcha transport vositalari uchun yopiladi.
Koʻrsatilgan davr mobaynida muqobil yoʻnalishlardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz, — deyiladi xabarda.