Hayvonlar ustida olib borilgan oldingi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, uyqu surunkali travmatik ensefalopatiya bilan bog'liq bo'lgan beta-amiloid oqsillari va tau oqsillarini chiqaradigan glimfatik tizimning faollashuviga olib keladi. Ushbu kasallik takroriy miya shikastlanishi bilan bog'liq.
Hozirda mutaxassislar miyasi chayqalgan sportchilarning ma'lumotlarini o'rganishdi. Tadqiqotda ishtirok etganlarning uyqusi miya chayqalishidan yetti kun o'tgach va jarohatdan sakkiz hafta o'tgach tekshirildi. Tadqiqotchilar miya chayqalishi kuzatilgan ishtirokchilarda uyquning yaxshilangani ularning tiklanishini tezlashtirganini aniqlashdi. Bundan tashqari, jarohatdan keyin sakkiz hafta davomida ularning uyqu sifati yaxshilangan.
Kelgusida tadqiqotchilar jamoasi qo'shimcha tadqiqotlar o'tkazishni, shuningdek, boshqa neyrofiziologik va neyrokognitiv ko'rsatkichlarni o'rganishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.