Saudiya Arabistonining Okaz nashri kecha Ar-Riyod klubi “Real”ning xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrichga yiliga 40 million yevroli 2,5 yilga moʻljallangan shartnoma taklif qilmoqchi ekanligi haqida yozgandi.
Xoʻsh, futbolchi bu taklifni qabul qildimi?
Xorvatiyaning 24 Sata nashri xabariga qaraganda, Modrich taklifni rad etgan.
“Futbolchi “An Nasr”ga taklif uchun minnatdorchilik bildirdi, biroq rad javobini berdi. U faoliyatini “Real”da yakunlamoqchi. 37 yoshli yarim himoyachining Madrid klubi bilan shartnomasi ushbu mavsum oxirigacha amal qiladi va Luka uni yana bir yilga uzaytirmoqchi”, deb yozgan nashr.