Chempionlar Toshkentda tantanali kutib olindi
Shu yilning 21-aprel kuni Toshkent xalqaro aeroportining uchinchi terminalida Saudiya Arabistonida futbol boʻyicha oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Oʻzbekiston U-17 terma jamoasini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.