Moped, skuter va mototsikl haydovchilaridan harakatlanishda motoshlemdan foydalanish soʻralmoqda

    Xavfsizlik 18 Mart 2025 3023

    Poytaxt yoʻl harakati xavfsizlik xizmati moped, skuter va mototsikl haydovchilaridan harakatlanishda motoshlemdan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

    Poytaxt YHXX moped, skuter va mototsikl haydovchilariga mototransport ishtirokidagi YTH roʻy berganda shlem zarbani oʻziga olib, koʻpincha haydovchining hayotini saqlab qolishda muhim oʻrin tutishini eslatib oʻtdi.

    Yoʻlga motoshlemsiz chiqishingiz bilan siz nafaqat yoʻl harakati qoidalarini buzgan boʻlasiz, balki oʻzingizni jiddiy xavf ostiga ham qoʻyasiz, — deyiladi xabarda.