Tashrif doirasida Moskva hukumati vaziri, Moskva shahar iqtisodiy siyosat va rivojlantirish departamenti rahbari K.Purtov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilingan Oʻzbekiston fuqarolarining muammolarni oʻrganish hamda Oʻzbekistonda xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni kasbga va rus tiliga oʻqitish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarining turli “vositachilar” xizmatlaridan foydalanish holatlarini oldini olish, ularni Rossiyaga ishga jalb qilish jarayonida uchrayotgan muammolar, Moskva shahrida oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining qonuniy ishlashi masalalari muhokama qilindi.
E.Muhitdinov vazirlikka xorijiy fuqarolarni ishga jalb qilish masalasida murojaat qilgan ish beruvchi tashkilotlar bilan uchrashuv tashkil etish va ushbu uchrashuvda hamkorlik masalalarini muhokama etish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida E.Muhitdinov Moskva hukumati vazirligi delegatsiyasini yuqoridagi masalalarni muhokama qilish va aniq kelishuvlarga erishish uchun Oʻzbekistonga taklif qildi.