SHundan so'ng, ushbu quduq to'la ta'mirlanib, qayta ishga qo'shildi. Quduqda 2404-2396m interval oralig'ida perforatsiya ishlari o'tkazilgandan so'ng, quduq o'zlashtirildi.

Natijada quduqdan o'rtacha kunlik 45 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma'lumot uchun: “Dali” gazkondensat koni Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumanida joylashgan.

“O'zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati