Muammolarni hal etishda sayyor qabullarning ahamiyati katta

    Bugungi kunda mahallalarda hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli kabi lavozimlar joriy etilgani odamlar bilan ishlash, mavjud muammolarni tahlil etishda ayni muddao boʻlmoqda.

    Jumladan, mazkur lavozimda faoliyat olib borayotgan xodimlar 4-sektor — Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasiga qarashli mahallalarda xonadonbay oʻrganish ishlarini doimiy tarzda olib bormoqda. Natija joriy yilning 10 oyi mobaynida aholini doimiy daromad manbai bilan taʼminlash maqsadida 70 006 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Jumladan, 29 703 nafari doimiy ish oʻrniga ega boʻlgan boʻlsa, 17 247 nafariga oʻzini-oʻzi band qilishlari uchun koʻmaklashildi. 23 056 nafar fuqaro esa kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmasiga ega boʻlishi uchun oʻqishga yoʻnaltirildi.

    Bundan tashqari, sayyor qabullar davomida hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 2 041 ta loyihaga jami 60,3 milliard soʻm imtiyozli kredit va 355 nafar ishsizga 2,5 milliard soʻm subsidiyalar ajratildi. 9 870 kishi tadbirkorlikka oʻqitish uchun yoʻnaltirilgan boʻlsa, hokim yordamchilari tomonidan otaliqqa olib shakllantirilgan 5,8 mingta mikroloyihaning 2,9 mingtasi amalga oshirilishi hisobiga 12,2 mingta yangi ish oʻrinlari yaratishga erishildi.

    Joriy yilning oʻtgan davrida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”lariga kiritilgan 14 287 nafar fuqarolarga jami 19 milliard soʻmlik naqd pul va plastik koʻrinishida amaliy yordam koʻrsatildi. Shu bilan birga, 67 nafar nogironligi boʻlgan fuqaroga jami 172,2 million soʻmlik nogironlik aravacha va eshitish moslamalari taqdim etildi. Aholini oʻzini-oʻzi band qilishiga koʻmaklashish maqsadida qandolat dastgohlari uchun 138,4 million soʻm, sartaroshlik uskunalari uchun 78,6 million soʻm hamda tikuv mashinalari 1,1 milliard soʻm ajratildi.

    Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan koʻrsatilgan amaliy yordamlar samarasi oʻlaroq “Temir daftar”ga kiritilgan 14 887 oilaning 14 014 tasi tuman Kengashlari qarorlari asosida roʻyxatdan chiqarildi. Bugungi kunda 873 ta oilalar mavjud boʻlib, ularga belgilangan tartibda amaliy yordamlar koʻrsatilib kelinmoqda. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 14 315 nafar xotin-qizlarning 14 001 nafariga amaliy yordam koʻrsatildi. Xuddi shunday, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2 213 nafar yoshlarning 1 784 nafariga koʻmak berilib, bugungi kunda yoshlar daftarida 429 nafar yoshlarimizga amaliy yordam koʻrsatilish choralari koʻrilmoqda. Toshkent shahar va tuman Halq qabulxonalari va 4 ta sektor rahbarlari bilan hamkorlikda tumaning ogʻir xududlarida sayyor qabullar oʻtkazilib, maxallalardagi tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash orqali aholi orasida ishsizlikni qisqartirish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.