Maʼlumki, saylov kuni oʻz yashash joylarida boʻlish imkoniga ega boʻlmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Joriy yil 9-iyulda boʻlib oʻtadigan muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28-iyunda boshlandi.
2023-yil 1-iyul holatiga jami 376 623 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqlaridan foydalandi. Shundan mamlakatimiz hududida – 275 592 nafar va xorijda – 101 031 nafar saylovchi ovoz bergan.
Muddatidan oldin ovoz berish joriy yil 5-iyulga qadar davom etadi.