Taʼkidlanishicha, ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilgʻor yutuqlarini qoʻllagan holda davom ettirilmoqda.

Muftiy hazratlari tezroq sogʻayishlari, xalqimiz, moʻmin-musulmonlar va yaqinlari baxtiga sogʻ-omon boʻlishlarini Haq taolodan duo qilib, soʻrab qolamiz.