Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, miyadagi tabiiy qarish jarayoni musiqa tufayli to'xtatiladi.
Ma'lumki, inson miyasi hayot davomida doimo o'zgarib turadi. Miyaning morfologiyasi va uning aloqalari atrof-muhit va yangi tajribaga qarab qayta tartibga solinadi. Ammo vaqt o'tishi bilan miyaning qayishqoqligi pasaya boshlaydi. Neyronlarni o'z ichiga olgan kulrang moddaning hajmi kamayadi. Ushbu hodisa miya atrofiyasi deb ataladi.
Keksa odamlarda kognitiv qobiliyatning pasayishi kuzatiladi. Ayniqsa, ishchi xotira pasayadi.
Ko'pgina mamlakatlar olimlari bu jarayonlarni to'xtatish yoki orqaga qaytarish yo'llarini izlamoqda. Yangi tadqiqotda 62 yoshdan 78 yoshgacha bo'lgan 132 nafar ko'ngilli ishtirok etdi. Ularning hech biri oldin musiqa chalmagan. Olti oy davomida ishtirokchilar fortepiano kurslarida qatnashib, musiqa sohasi bo'yicha bilim olishdi.
Olti oy o'tgach, ko'ngillilar ko'rikdan o'tkazildi. Uning natijalari miyaning to'rtta sohasida, shu jumladan xotira uchun mas'ul bo'lgan qismida kulrang moddalarning ko'payishini ko'rsatdi. Ishtirokchilarning samaradorligi o'rtacha 6% ga oshdi.
Biroq ishtirokchilarda miya qarishi jarayonlari davom etdi. Olimlarning qayd etishicha, musiqa atrofiyaning oldini olishga qodir emas, lekin u miyaning ayrim sohalariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uning qayishqoqligini va ishchi xotira hajmini oshiradi, deb xabar beradi mir24.tv.