Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan eng asosiy masalalardan biri - bu O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi lavozimiga rahbar saylash edi.

Ushbu masalada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov so‘z olib, ushbu lavozimga shu kunga qadar O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasi raisi sifatida faoliyat olib borgan Muxtorxon Maqsudovich Tashxodjayev nomzodini ilgari surdi.

Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlari hamda Jakarta-2018 (Indoneziya) ParaOsiyo o‘yinlarida yurtimiz paraatletlari tomonidan qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar zamirida Muxtorxon Maqsudovichning xizmatlari beqiyos bo‘lganligi alohida e'tirof etildi.

Bosh Assambleyaga taklif etilgan delegatlar bir ovozdan M.Tashxodjaev nomzodini O‘zbekiston Milliy Paralimpiya ko‘mitasi raisi etib saylashdi.