Muzaffarbek Toʻraboyev yarim finalga yoʻl oldi

    –100 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan dzyudochi Muzaffarbek Toʻraboyev Olimpiada medali uchun kurashni davom ettirmoqda.

    Dzyudochimiz ikkinchi bahsida ham ipponni qoʻlga kiritgan holda yarim final yoʻllanmasiga ega chiqdi. Yurtdoshimiz chorak finalda niderlandiyalik Mixail Korrelga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

    Endi u final yoʻllanmasi uchun ozarbayjonlik Zelim Kotsoyev qarshi tatamiga chiqadi. Uchrashuv soat 19:00 dan soʻng boshlanadi.

    Qayd etish kerakki, Zelim juda kuchli kurashchilardan hisoblanadi.