"Pillakorlar mahalliy iqlimga mos, serhosil, kasalliklarga chidamli 2 ming 323 quti ipak qurti urug‘ini parvarishlab, o‘rtacha hosildorlikni 57 kilogrammga yetkazdi. Yetishtirilgan hosilning asosiy qismi yuqori navlarga qabul qilindi" deyiladi tuman hokimligi Axborot xizmati xabarida.

Erishilgan bu muvaffaqiyatga tumandagi paxtachilik-to‘qimachilik klasteri, 296 ta fermer xo‘jaligi pillakorlari, shuningdek, ipak qurti boquvchi aholi xonadonlari munosib ulush qo‘shdi.

Viloyatda qabul punktlariga pilla hosilini topshirish davom etmoqda.