Ushbu olimpiada joriy yilning 15-dekabr kuni onlayn tarzda Sankt-Peterburg shahrida o'tkaziladi. Final bosqichida 16 ta davlatning terma jamoalari qatnashadi.

Olimpiadaning saralash bosqichida 13 mamlakatdan jami 655 jamoa ishtirok etdi. Birgina O'zbekistondan esa jami 136 jamoa qatnashdi va ulardan ikkitasi finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

“PS-codings” jamoasi 11-sinf o'quvchilari Azimjon O'rinov va Azimjon Alijanov hamda 9-sinf o'quvchisi Asliddin Ismoilovdan tashkil topgan. Ular olimpiadada axborot texnologiyalari, xususan, dasturlash bo'yicha bilimlarini sinovdan o'tkazadi.