баннер
31 Mar 2025
05:43

    Namangan va Jizzaxda yirik asalarichilik markazi tashkil etiladi

    Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari Misrning Tanta provinsiyasida joylashgan Al-Aseal asal ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

    Qayd etilishicha, korxona rahbari Fatxi Bexeyri bilan muzokara oʻtkazilib, Namangan va Jizzax viloyatlarida asal zavodini tashkil investitsiyaviy loyihasini amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

    Jumladan, qurilishi rejalashtirilayotgan binolar, asalni qayta ishlash, tozalash va boyitish tizimi boʻyicha rejalar koʻrib chiqildi.

    Oʻzbekistonda tashkil etiladigan asalarichilik markaziga rivojlangan davlatlardan eng zamonaviy, toʻliq avtomatlashtirilgan uskunalar olib kelinadi. Buning natijasida har kuni inson omilini kamaytirish orqali bir necha tonna asal ishlab chiqarilishi va keyinchalik Markaziy Osiyo mintaqasida maqbul narxlarda sotilishi kutilmoqda.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech