Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq jarimalarini toʻlamayotgan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar koʻrilmoqda. Xususan, kuni kecha oʻtkazilgan tadbirda 98 ta jarimasi bor Tracker avtomobili vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur avtotransport haydovchisi jarimalarni 60 kun ichida toʻlamagan, shundan soʻng hujjatlar Majburiy ijro byurosi Namangan shahar boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan haydovchiga qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirilgan, yaʼni uyali raqamlariga SMS yuborilgan. Bir necha marotaba gaplashilgan ham. Lekin haydovchi qarzdorlikni toʻlash oʻrniga mashinasini haydab yurgan. Toshkent shahrida toʻxtatilib, maxsus planshet orqali koʻrilganda jarima toʻlanmagani maʼlum boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, umumiy qarzdorligi 36,3 million soʻmni tashkil qilgan Tracker vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.