16-17-sentyabr kunlari bir guruh Eron Respublikasining kinoijodkorlari Namangan shahriga tashrif buyurib, Namangan viloyat musiqali drama teatrida viloyat masʼullari tomonidan tantanali kutib olindi.
Dastlab mehmonlar uchun viloyat teatrida hunarmandlarimiz tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalar, viloyatning eng mohir ustalari ishlanmalari hamda maqom, folklor jamoalar, “Yosh ijrochilar” va “Sozlar navosi” guruhlarining kuy qoʻshiqlari tashkil etildi.
Shundan soʻng “Eron kino kunlari”ni ochilish marosimi tashkil etildi.