Bu esa tuman fuqarolariga Muborak Ramazon oyining kirib kelishi oldidan munosib tuhfa boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Maʼlum qilinishicha, masjid zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qurib bitkazilgan boʻlib, unda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Masjid 1500 ming nafar odamga moʻljallangan boʻlib, hudud aholisi va mahalliy homiylar mablagʻlari evaziga qurib bitkazilgan.
Maʼlumot oʻrnida, 2022-yil 1-aprel holatida, viloyatda jami 194 ta diniy tashkilotlar mavjud boʻlib, shundan 190 tasi masjidlar, 3 tasi cherkovlar va 1 tasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi hisoblanadi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi