Unda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi, qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Kompaniya vakillari mamlakatimiz hududlarida oʻtkazgan oʻrganish natijalariga koʻra, tarmoq salohiyatiga yuqori baho berdi.
Tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va muhokama etilgan barcha loyihalar boʻyicha ishlarni tezroq boshlash yuzasidan qoʻshma choralar koʻrishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Qatar National Cement Company 1965-yilda tashkil etilgan. Qatarning sementga boʻlgan talabning 100 foizini qoplaydi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 8 million tonna. Yillik daromadi — 1 milliard dollar (2022-yil), ishchilar soni — 2 ming kishi.